checkurl.uz

Muallif

Nodir Olimshoyev

CheckUrl.uz asoschisi va dasturchisi

Ism boshqa yozilishlarda: Nodir Olimshoev · Нодир Олимшоев

Nodir Olimshoyev — bepul havola va fayl tekshiruvi xizmati CheckUrl.uz muallifi.

Loyiha 2023-yilda ishlab chiqilgan. Sayt, @checkurluzbot Telegram boti va tekshiruv tizimini Nodir Olimshoyevning oʻzi yaratgan.

Maqsad oddiy: har kim shubhali havolani ochishdan oldin bir necha soniyada tekshira olishi kerak — oʻz tilida va bepul.

CheckUrl.uz haqida

CheckUrl.uz havolani brauzerda tahlil qiladi, uni VirusTotalʼning 70 dan ortiq antivirus va bloklist bazasida tekshiradi va natijani tushunarli tilda koʻrsatadi. Xizmat Telegram bot va telefonga oʻrnatiladigan ilova sifatida ham ishlaydi.