checkurl.uz

Yangi: AI natijani tushuntirib beradi

Havola xavfsizmi?

Shubhali havolani pastdagi maydonga qoʻying. 70 dan ortiq antivirus uni bir necha soniyada tekshiradi.

Bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan. Faylni ham shu yerga tashlashingiz mumkin.

Batafsil — pastga suring

Qanday tekshiramiz

1Havolani qismlarga ajratamiz

Bu havola Telegramniki boʻlib koʻrinadi.

2Haqiqiy sayt nomini topamiz

Haqiqiy sayt — birinchi «/» belgisidan oldingi oxirgi ikki qism.

3Bu havola aslida org-premium.top saytiga olib boradi

Bu Telegram emas. Bunday sahifaga hech narsa kiritmang.

https://telegram.org-premium.top/login

Namuna: Telegramga oʻxshatib yasalgan soxta havola

Keyin 70 dan ortiq antivirus uni bir vaqtda tekshiradi

0 / 72

antivirus «xavfli» dedi

Har bir chiziq — bitta antivirus

  • Xavfli
  • Shubhali
  • Toza
  • Javob yoʻq

«Xavfli» deganlar

  • Kaspersky
  • BitDefender
  • ESET
  • Fortinet
  • Sophos
  • G-Data
  • Google Safe Browsing
  • Netcraft
  • Emsisoft
  • Webroot
  • Avira

Namuna natija

Natijani AI oddiy tilda tushuntiradi

AI tavsiyasiorg-premium.top

Bu sahifa Telegram nomidan ochilgan va telefon raqamingiz bilan SMS-kodni soʻraydi. Hech narsa kiritmang. Havolani yuborgan odamni ham ogohlantiring.

AI faqat «AI tavsiyasi» tugmasini bossangiz ishlaydi.

Telegramda ham ishlaydi

Havolani @checkurluzbot ga yuboring. Natija va AI tavsiyasi shu chatning oʻzida keladi.

Botni ochish

Koʻp beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Bizga yozing.

Savol berish
Bu xizmat bepulmi?

Ha, butunlay bepul. Roʻyxatdan oʻtish ham shart emas.

Natijaga 100% ishonsa boʻladimi?

Hech bir tekshiruv toʻliq kafolat bermaydi. Juda yangi soxta saytlarni antiviruslar hali bilmasligi mumkin. Shuning uchun sayt nomiga ham qarang va hech qachon SMS kod yoki karta maʼlumotini bermang.

Tekshirganda havola ochiladimi?

Yoʻq. Havola sizning qurilmangizda ochilmaydi. Uni VirusTotal xizmati oʻz serverlarida tekshiradi.

Qaysi antiviruslar tekshiradi?

Kaspersky, ESET, BitDefender, Google Safe Browsing va yana 70 dan ortiq antivirus va bazalar. Ularning javobini VirusTotal xizmati jamlaydi.

Yuklagan faylim qayerga ketadi?

Avval faylning faqat qisqa kodi (xesh) tekshiriladi, faylning oʻzi yuborilmaydi. VirusTotal bu faylni bilmasa, fayl tekshiruvga yuklanadi va u yerda saqlanib qoladi. Shuning uchun shaxsiy hujjatlarni yuklamang.

«Xavfli» chiqsa nima qilaman?

Havolani ochmang va hech narsa kiritmang. Ochib qoʻygan boʻlsangiz, Qoʻllanma sahifasidagi roʻyxat boʻyicha harakat qiling: parolni almashtiring, kerak boʻlsa bankka qoʻngʻiroq qiling.

AI tavsiyasi nima?

Tugmani bossangiz, AI antiviruslar natijasini oddiy tilda 2–3 gapda tushuntiradi. AI faqat shu natijaga tayanadi va havolani ochmaydi.

Telegram bot bormi?

Ha: @checkurluzbot. Havola yoki faylni unga yuboring, natija chatning oʻzida keladi.